| Sayt xaritasi | Mobil versiya | | Bog'lanish
Gerb
Xorazm viloyati

Xorazm viloyati hokimligi

rasmiy veb-sayti

Yangiliklar

Bosh sahifa Yangiliklar
24.06.2026

O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi

Mazkur loyiha doirasida qariyb 70 mln dollar investitsiya jalb etilishi, 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi hamda 10 gektar maydonda zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi barpo etilishi rejalashtirilgan. Toshkent shahrida humanoid robotlar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurilishiga start berildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi. Korxona qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi 15 iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida «Yangi Avlod» sanoat zonasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Von Do Yon hamda Robotis kompaniyasi prezidenti Kim Byong Su ishtirok etdi. Qayd etilishicha, yangi korxona yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, xalqaro tajribani jalb etish va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Loyiha O‘zbekistonda robototexnika sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslardan biri sifatida baholanyapti. Ma’lumot uchun, 1999 yilda asos solingan Janubiy Koreyaning Robotis kompaniyasi avtonom robototexnika sohasida jahon yetakchilaridan biri sanaladi. Aktivlari 2,5 milliard dollarni tashkil etuvchi ushbu yirik korxonaning AQSh, Yaponiya va Xitoyda vakolatxonalari mavjud. Kompaniya texnologiyalaridan Amazon, Microsoft, Apple, NASA, Google, Samsung va BMW kabi dunyoga mashhur gigantlar keng foydalanib keladi. Mazkur loyiha doirasida qariyb 70 mln dollar investitsiya jalb etilishi, 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi hamda 10 gektar maydonda zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi barpo etilishi rejalashtirilgan.
24.06.2026

O‘zbekistonda Xalqaro maqom akademiyasi tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonda maqom san’atini o‘rganish, asrab-avaylash va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish maqsadida Xalqaro maqom akademiyasi tashkil etilishi mumkin. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida o‘tkazilgan Uchinchi Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilish marosimida ma’lum qildi. Prezidentning ta’kidlashicha, Yangi Toshkent shahrida muhtasham Maqom markazini barpo etish ishlari boshlangan. Davlat rahbari ushbu majmuani Dunyo maqom markazi deb nomlash va uning qoshida Xalqaro maqom akademiyasini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Qayd etilishicha, akademiya jahon maqom san’atining yirik ilmiy-tadqiqot markaziga aylanishi ko‘zda tutilmoqda. Unda o‘zbek maqom maktablari bilan bir qatorda arab, turk, fors, tojik, hind va boshqa sharq mumtoz musiqa yo‘nalishlari ham o‘qitiladi. Shuningdek, maqom san’atiga qiziquvchi yoshlar uchun “ustoz-shogird” an’analari asosida maxsus mahorat dasturlari yo‘lga qo‘yilishi va bu maqsadlar uchun grantlar ajratilishi rejalashtirilgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, markaz qoshida noyob musiqiy qo‘lyozmalar, tovush yozuvlari va nota arxivlarini jamlaydigan Xalqaro raqamli kutubxona hamda laboratoriya tashkil etiladi. Anjumanda, shuningdek, Jahon maqom antologiyasini yaratish, maqom san’atini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro jamg‘arma tuzish va Xalqaro maqom mukofotini ta’sis etish tashabbuslari ham ilgari surildi.
24.06.2026

Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan davlat texnika universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbariga laboratoriyada amalga oshirilayotgan innovatsion ishlanmalar hamda sun’iy intellekt bo‘yicha tayyorlangan startap loyihalar taqdim etildi. Namangan davlat texnika universitetida tashkil etilgan sun’iy intellekt laboratoriyasi talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni real loyihalarda qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Laboratoriya tarkibida tahlil, robototexnika va bionika markazlari, startap-akselerator, to‘qqizta “aqlli” xona hamda sun’iy intellekt bo‘yicha tayyorgarlik xonalari tashkil etilgan. Bu yerda sun’iy intellekt, robototexnika, “aqlli” transport, ekologiya va agrotexnologiyalar sohalarida innovatsion ilmiy-amaliy loyihalar ishlab chiqilmoqda. Tashrif chog‘ida prezidentga viloyat, shahar va tuman hokimliklarida faoliyat yuritayotgan sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchilar tomonidan tayyorlangan qator startap loyihalar ham namoyish etildi. Davlat rahbari mazkur tajribani kengaytirish, mamlakat taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan sohalarga yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini keng jalb qilish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, prezident yoshlar bilan muloqot qilib, ularning g‘oya va takliflarini tingladi hamda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.
22.06.2026

Shavkat Mirziyoyev: Xorijiy investorlarga teng va adolatli sharoit yaratish ustuvor vazifa

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilyapti. Unda mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, investorlar huquqlarini himoya qilish va xalqaro majburiyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.Davlat rahbari yig‘ilishda so‘zlar ekan, xorijiy investorlarga teng va adolatli sharoit yaratish bo‘yicha O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olishda yangi qadamlar tashlayotganini ta’kidladi.Prezidentning qayd etishicha, Xorijiy investorlar kengashi so‘nggi yillarda oddiy maslahat mexanizmi emas, balki Yangi O‘zbekiston bilan jahon investitsiya hamjamiyati o‘rtasidagi ishonchli muloqot va amaliy islohotlar maydoniga aylangan.Yig‘ilishda investorlar tomonidan o‘tgan yil ilgari surilgan 21 ta tashabbus bo‘yicha aniq yechimlar qabul qilingani ma’lum qilindi. Davlat rahbari investorlarning takliflari davlat siyosatida o‘zining amaliy ifodasini topayotganini ta’kidladi.Jumladan, Soliq kodeksiga investorlar uchun qulay o‘zgartishlar kiritildi, kompaniyalar o‘rtasidagi ichki qarz bitimlari moliyaviy nazoratdan chiqarildi, asosiy vositalarni tezlashtirilgan tartibda amortizatsiya qilish huquqi berildi. Shuningdek, xalqaro standartlar asosida hisobot yurituvchi xorijiy kompaniyalar uchun bir qator majburiy talablar bekor qilindi.Bundan tashqari, «Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi, mas’uliyatli biznes yuritish standartlarini joriy etish hamda 16 ta texnik reglamentni xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtirish dasturi tayyorlandi.Ma’lumot uchun, Xorijiy investorlar kengashi ishtirokchilari soni o‘tgan bir yil davomida 54 tadan 85 taga yetgan. Bugun kengash tarkibida iqtisodiyotning 23 ta tarmog‘ini qamrab olgan yirik xalqaro kompaniyalar, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi faol ishtirok etmoqda.
23.06.2026

Bitiruvchilarning loyihalari uchun 5 million dollarlik “Venchur jamg‘armasi” tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 iyun kuni xususiy kasbiy ta’limni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Unda kasbiy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda xususiy sektorning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yangi choralar muhokama qilindi.Yig‘ilishda qayd etilganidek, kelgusi uch yilda xususiy sektor ulushini oshirish orqali xalqaro standartlar asosida ochilgan o‘quv va baholash markazlarining sonini hozirgi 50 tadan 200 taga yetkazish, xususiy kasbiy ta’lim bilan har yili 500 ming nafar aholini qamrab olish maqsad qilingan. Ayni paytda bu ko‘rsatkich 45 ming nafarni tashkil etmoqda.Buning uchun 300 dan ortiq o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqilib, xalqaro talablarga moslashtiriladi. Kamida ming nafar o‘qituvchi va ta’lim ustalarining malakasi oshiriladi. Ushbu dasturlarni moliyalashtirish uchun Bandlik jamg‘armasidan 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.Taqdimotda tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan taklif va muammolar ham ko‘rib chiqildi. Muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan xususiy kasbiy ta’lim markazlari uchun bojxona boji va ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlar, imtiyozli kreditlar, ayrim xarajatlarni kompensatsiya qilish, yangi qurilgan binolar uchun tashqi infratuzilmani budjet hisobidan barpo etish, yer uchastkalari qiymatini foizsiz bo‘lib to‘lash, bo‘sh bino va maydonlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish masalalari ko‘tarilgan.Shu munosabat bilan xususiy kasbiy ta’lim tashkilotlari uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni bojxona bojidan ozod qilish, xorijiy o‘qituvchilar, mutaxassis va ustalar uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash taklif qilindi.Shuningdek, 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bino qurilishi va ta’miri, zarur uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 7 foizi qoplab beriladi.Xorijiy mutaxassislar va malakali o‘qituvchilarni jalb qilish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Kasbiy malakani baholash uskunalari va dasturiy mahsulotlar xarajatlarining 30 foizi, xorijda tan olinadigan va milliy kasbiy malaka sertifikatlari xarajatlarining 50 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.Shu bilan birga, bunday imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash choralaridan foydalangan tadbirkorlar qurilgan yoki ijaraga olingan binolarning kamida 60 foizid kasbiy tayyorgarlikni tashkil etishi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishi shart bo‘ladi.Tadbirkorlarga sotilgan yer uchun to‘lovni 5 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash, bo‘sh turgan davlat obektlarini kamida 5 yilga ijaraga olish, texnikumlardagi bo‘sh binolardan bepul foydalanish imkoniyati beriladi.Xususiy kasbiy ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish uchun yil yakunigacha ularni jihozlash dasturiga 100 million dollar jalb qilinadi. Bitiruvchilar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 5 million dollarlik “Venchur jamg‘armasi” tashkil etiladi. Shu yildan boshlab har yili “kasb vaucheri” dasturi uchun 20 milliard so‘m ajratib boriladi.Taqdimotda xususiy kasbiy ta’lim tashkilotlari uyushmasini tashkil etish, uning faoliyatini moliyalashtirish hamda “Ko‘nikmalar parki” ekotizimini yaratish rejalari ham ko‘rib chiqildi. Soha muammolarini davlat idoralari bilan birgalikda tezkor hal qilish uchun doimiy ishlaydigan raqamli muloqot platformasini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.Prezident taqdim etilgan choralarni ma’qullab, xususiy kasbiy ta’limni rivojlantirish, o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, aholini talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish va tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
23.06.2026

Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart - Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Oliy sudning yangi raisini qutladi.«Bugun Oliy sudning yangi raisi Robaxon Anvarovna Maxmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga tanishtirildi.Prezidentimiz odamlar uchun eng muhim qadriyatlardan biri — adolat ekanini ko‘p bor ta’kidlaganlar. Jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart. Zero, rivojlanish va farovonlikka qaratilgan har qanday islohot faqat mustaqil sudning ishonchli himoyasidagina chinakam kuchga ega bo‘ladi.Hozirda Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan sud tizimini shakllantiryapmiz. Amaldagi sudlarimiz ham ana shunday yangi tajribalarga ochiq bo‘lishi, dunyoning ilg‘or namunalarini o‘z faoliyatida dadil joriy qilishi juda muhimdir.Tizim alohida shaxslarga bog‘lanib qolmasdan, kadrlar almashinuvidan qat’i nazar, soat mexanizmi kabi aniq va uzluksiz ishlashi kerak. Har bir sudya sharafi va sha’nini yuksak darajada saqlagan holda egnidagi mantiyasiga munosib bo‘lishi lozim.Robaxon Anvarovnaga mustahkam iroda hamda doimo oqilona, halol va adolatli qarorlar qabul qilishida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!», deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.